
#Munosabat
📚 ÖZBEK ALIFBOSINI TAKOMILLAŞTIRIŞGA QARATILGAN MUHIM HUJJAT
🇺🇿 Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi.
🗣 Alifbo — shunchaki harflar majmuasi emas. U ta’lim, savodxonlik va yozma muloqotimizning asosidir.
O‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan muhim hujjatga men, avvalo, o‘qituvchi sifatida ta’lim nuqtayi nazaridan qarayman. Chunki har qanday yangilanishning natijasi uni yosh avlodga qay darajada to‘g‘ri va tushunarli o‘rgatishimiz bilan chambarchas bog‘liq.
Deputat sifatida esa bunday o‘zgarishlarning aholiga, ayniqsa, o‘quvchilar, pedagoglar va ta’lim muassasalariga qanday ta’sir ko‘rsatishiga e’tibor qaratish muhim, deb hisoblayman. Yangi talablar amaliyotga joriy etilar ekan, o‘qituvchilar uchun zarur tushuntirishlar, o‘quv-uslubiy materiallar va izchil yondashuv ham muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️ Eng muhimi, alifbodagi takomillashuv yozuv madaniyatini rivojlantirishga, savodxonlikni mustahkamlashga va o‘zbek tilining zamonaviy hayotdagi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kerak.
Yangilanishning qadri — uning mazmunini anglashda va uni hayotga to‘g‘ri tatbiq etishda!
Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati