Barcha yangiliklar
#Munosabat
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:16

#Munosabat

#Munosabat

📖 Alifbo islohoti: maktabdan boshlanadigan yangilanish

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakili, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Aralbaeva Inkar Karlibayevaning munosabati

🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunning imzolanishi davlat tilimizni rivojlantirish yo‘lidagi muhim voqealardan biridir. Yangi hujjat yozuv va imlo me’yorlarini takomillashtirish, o‘zbek tilining raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

💬 “Maktabda har bir harf, har bir so‘z bolaga savodxonlik sari qo‘yilgan ilk qadamdir. Shu bois alifbodagi o‘zgarishlarni joriy etishda o‘qituvchilarning tayyorgarligi, o‘quvchilarga beriladigan bilimlarning izchilligi va tushuntirish ishlarining sifati alohida ahamiyat kasb etadi.
Men o‘qituvchi sifatida bu jarayonni bolalarning to‘g‘ri yozish va fikrini ravon ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘layman. Maktab direktori sifatida pedagoglar uchun zarur sharoit yaratish, deputat sifatida esa ta’lim va yoshlar manfaatlarini e’tiborda tutish muhim, deb hisoblayman.”

🏫 Yangi tartibni ta’lim jarayoniga puxta tayyorgarlik bilan tatbiq etish, o‘quv-uslubiy materiallarni moslashtirish va pedagoglarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash uning amaliy natijasini belgilaydi.

📌 Alifbodagi yangilanishning samarasi — uni yosh avlodga to‘g‘ri o‘rgatish va ona tilimizning imkoniyatlaridan keng foydalanishda namoyon bo‘ladi.

Aralbaeva Inkar Karlibayevna — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati