Barcha yangiliklar
#Munosabat
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:14

#Munosabat

#Munosabat

🇺🇿 Yangi o‘zbek alifbosi: ta’lim, savodxonlik va kelajak uchun muhim qadam

📜 2026-yil 21-oktabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid O‘RQ-1184-son Qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, o‘zbek alifbosi 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovnaning munosabati

🗣 “O‘qituvchi sifatida men uchun til va savodxonlik masalasi alohida ahamiyatga ega.Maktab direktori sifatida esa har qanday yangilikni ta’lim jarayoniga puxta tayyorgarlik bilan joriy etish, pedagoglar va o‘quvchilarga tushunarli yetkazish muhim deb hisoblayman.Deputat sifatida bu jarayonda yoshlar manfaatlari, ta’lim sifati va aholining xabardorligiga e’tibor qaratish zarur, deb bilaman.”

📚 Yangi alifboda O‘ — Ö, G‘ — Ğ, Sh — Ş, Ch — Ç shaklida o‘zgartirildi. Ushbu yangilik yozuv me’yorlarini takomillashtirish va o‘zbek tilining raqamli texnologiyalardagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

🎓 Endilikda muhim vazifalardan biri — o‘qituvchilarni yangi imlo me’yorlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar uchun tushunarli o‘quv materiallarini tayyorlash va o‘tish jarayonini izchil tashkil etishdir. Bunda ta’lim muassasalari, mutaxassislar va ota-onalar hamkorligi muhim o‘rin tutadi.

📌 Ona tiliga e’tibor — ta’limga, yoshlar kelajagiga va milliy qadriyatlarimizga e’tibordir. Yangi alifboga o‘tish jarayoni savodxonlikni mustahkamlash va tilimizning zamonaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi lozim.

Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati