Barcha yangiliklar
#Munosabat
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:12

#Munosabat

#Munosabat

🇺🇿 O‘zbek alifbosini takomillashtirish — tilimiz taraqqiyoti yo‘lida muhim qadam

2026-yil 21-oktabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan O‘RQ-1184-son Qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Artikov Davron Omarbayevichning munosabati

🗣 “Til — millatning ma’naviy boyligi, yozuv esa uni avlodlarga yetkazuvchi muhim vositadir. Alifboni takomillashtirish jarayonida ta’lim sifati, yoshlar savodxonligi va ona tilimizning zamonaviy imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratish lozim.”

📚 Qonun bilan o‘zbek alifbosidagi ayrim harflarning yozilishi takomillashtirildi. Jumladan, O‘ — Ö, G‘ — Ğ, Sh — Ş, Ch — Ç shaklida belgilandi. Ushbu o‘zgarishlar yozuv me’yorlarini takomillashtirish va o‘zbek tilining raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

💻 Yangi tartibni joriy etishda ta’lim muassasalari, pedagoglar va yoshlar uchun tushuntirish ishlarini tashkil etish, savodxonlikni mustahkamlash hamda o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

📌 Ona tilimizni rivojlantirish — milliy o‘zligimizni asrash, ma’naviy merosimizni boyitish va uni kelajak avlodga munosib yetkazish demakdir.

Artikov Davron Omarbayevich - Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati