Barcha yangiliklar
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi nazoratda
Gallery image 277121
Gallery image 277122
Gallery image 277123
Gallery image 277124
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:08

🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi nazoratda

🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevichning topshirig‘iga asosan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Xodjanov “Xalqlar do‘stligi” MFY hududida olib borilayotgan kanalizatsiya tarmoqlari qurilishini o‘rgandi.
🔎 Jarayonda qurilish ishlarining loyiha talablariga muvofiqligi va belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga e’tibor qaratildi.
🚜 Shuningdek, qazish ishlari ortidan qum va tuproqni o‘z vaqtida olib chiqish, chang-to‘zonning oldini olish hamda buzilgan joylarni qayta tiklash zarurligi ta’kidlandi.
🌱 Qurilish yakunlangan hududlarda tozalik, tartib va obodonlashtirish ishlarini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
📋 O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar Kengash raisiga taqdim etiladi.