Barcha yangiliklar
🤝 Har bir fuqaro uchun bandlik imkoniyatlari
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:07

🤝 Har bir fuqaro uchun bandlik imkoniyatlari

Har bir fuqaro uchun bandlik imkoniyatlari

“Xalqlar do‘stligi” MFYda fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi va mustaqil daromad manbaini yaratishiga ko‘maklashish maqsadida xonadonbay o‘rganishlar olib borilmoqda.

🏡 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi Kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich fuqaro Sh.M.ning xonadonida bo‘lib, uning bandligi yuzasidan suhbatlashdi.

Muloqotda tikuv sexi yoki issiqxonalarda ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kelgusida shaxsiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqaro uchun yengillashtirilgan kredit yoki ssuda asosida ishlab chiqarish uskunalarini olish imkoniyatlari tushuntirildi.