Barcha yangiliklar
Fuqarolar bandligi — individual yondashuv asosida
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:06

Fuqarolar bandligi — individual yondashuv asosida

Fuqarolar bandligi — individual yondashuv asosida

“Xalqlar do‘stligi” MFYda aholi bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha individual suhbatlar olib borilmoqda.

🏡 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi Kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich fuqaro T.G.ning xonadoniga tashrif buyurib, uni ish bilan ta’minlash masalasini muhokama qildi.

🤝 Muloqot davomida fuqaroga tikuv sexi yoki issiqxonalarda ishlash imkoniyatlari taklif etildi. Shuningdek, kelgusida mustaqil faoliyat boshlash uchun yengillashtirilgan kredit yoki ssuda asosida zarur ishlab chiqarish uskunalarini olish tartibi tushuntirildi.

📌 Maqsad — fuqarolarning bandligini ta’minlash, kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror daromad manbaini shakllantirishga ko‘maklashish.