Barcha yangiliklar
Chorvachilik orqali daromad manbalarini kengaytirish
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:05

Chorvachilik orqali daromad manbalarini kengaytirish

Chorvachilik orqali daromad manbalarini kengaytirish

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP deputati Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamda Kotibiyat mudiri, Ekologik partiya deputati Matniyazov Akbar Qadirovich “Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini oshirish va ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni o‘rganmoqda.

🏡 Navbatdagi tashrif fuqaro G.D.ning xonadonida davom etdi.

💳 O‘rganish jarayonida chorvachilik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolar uchun imtiyozli mikrokreditlardan foydalanish hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

📌 Maqsad — fuqarolarning o‘z daromad manbalarini yaratishiga ko‘maklashish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish.

📜 O‘rganish ishlari "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni (№O‘RQ-642, Qabul qilingan sana 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borildi.