Barcha yangiliklar
💼 Oilalar daromadini oshirish — muhim vazifa
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:04

💼 Oilalar daromadini oshirish — muhim vazifa

💼 Oilalar daromadini oshirish — muhim vazifa

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP deputati Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamda Kotibiyat mudiri, Ekologik partiya deputati Matniyazov Akbar Qadirovich “Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni o‘rganmoqda.

🏡 Navbatdagi o‘rganish manzili fuqaro A.A.ning xonadoni bo‘ldi.

💳 Muloqot davomida fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari, imtiyozli va yengillashtirilgan mikrokreditlardan foydalanish hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Bunday o‘rganishlar oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.

📜 O‘rganishlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borilmoqda.