
Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak mezoni
Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak mezoni
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP deputati Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamda Kotibiyat mudiri, Ekologik partiya deputati Matniyazov Akbar Qadirovich “Naymanko‘l” OFYda ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holatini o‘rganmoqda.
🏡 Navbatdagi manzilda fuqaro X.U.ning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlari bilan tanishildi.
🔍 O‘rganishlar davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, nafaqa to‘lovlari, ish bilan ta’minlash va oilalar daromadini oshirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
🛠 Fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiyalar, kasb-hunarga bepul o‘qitish, “Inson” markazi xizmatlari hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli mikrokreditlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
📌 Asosiy e’tibor — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilgan.
📜 O‘rganishlar "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borilmoqda.