
🏛 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandlik masalalari o‘rganildi
🏛 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandlik masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP deputati Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamda Kotibiyat mudiri, Ekologik partiya deputati Matniyazov Akbar Qadirovich “Naymanko‘l” OFYda ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
🏠 Dastlab, fuqaro M.O.ning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud muammolariga e’tibor qaratildi.
🔎 O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar sifati, nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🛠 Shuningdek, fuqarolarga subsidiyalar asosida mehnat qurollari ajratish, kasb-hunarga bepul o‘qitish, “Inson” markazi xizmatlaridan foydalanish hamda imtiyozli mikrokreditlar orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📌 Asosiy maqsad — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, daromad manbalarini yaratish va aholi farovonligini oshirish.
📜 O‘rganish ishlari "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni (№O‘RQ-642, Qabul qilingan sana 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borildi.