
💧 Suv limitlari masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
Suv limitlari masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga komissiya raisi Shapiyev Bekbergen Abdreymovich boshchilik qildi.
📌 Yig‘ilishda Taxiatosh tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari o‘rinbosari D.Allamuratovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 2026-yil 21-maydagi VII-24-46-13-215-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish hamda novegetatsiya davri uchun suv limitini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🌱 Mazkur masala qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv taqsimotini belgilangan limitlar asosida tashkil etish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.