Barcha yangiliklar
⚡️ Qushchilik mahallasida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari o‘rganildi
Gallery image 277071
Gallery image 277072
Gallery image 277073
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
09:50

⚡️ Qushchilik mahallasida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari o‘rganildi

⚡️ Qushchilik mahallasida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda Qushchilik mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔎 O‘rganish davomida mas’ullar bilan bajarilayotgan ishlarning borishi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda elektr tarmoqlarini yangilash jarayonidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📌 Asosiy e’tibor — amalga oshirilayotgan ishlarning holatini kuzatish, mavjud masalalarni aniqlash va aholini barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlashga qaratildi.