





Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdagi — yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Sessiyaga Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi raisi Komil O‘razmetov raislik qildi.
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarning hisobot va axborotlari tinglandi. Har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.