
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tiborda
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tiborda
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗣 Fuqaro A.Sh. bilan muloqotda uning joriy ijtimoiy ahvoli, mavjud ehtiyojlari va ijtimoiy yordam bilan bog‘liq holatlar aniqlashtirildi.
📌 Fuqarolarning turmush sharoitini o‘rganish va ijtimoiy ko‘makning manzilli yetib borishini kuzatib borish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.