Barcha yangiliklar
BEŞQÖRĞON MAHALLASIDA AHOLI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Gallery image 277048
Gallery image 277049
Gallery image 277050
Gallery image 277051
Gallery image 277052
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
28 Okt 2026
09:39

BEŞQÖRĞON MAHALLASIDA AHOLI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI

Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi deputati Imamov Sanjarali Tölqinoviç Beşqörğon mahallasi fuqarolari, nuroniylari va mahalla faollari bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuv davomida mahalla hududida qurilayotgan 360 örinli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotining foydalanişga topşirilişi, oçiliş muddatining keçikiş sabablari hamda mazkur jarayon bilan boğliq masalalar yuzasidan aholiga batafsil tuşuntirişlar berildi.

Şuningdek, aholi bandligini ta’minlaş, işsizlikni qisqartiriş va kambağallikni kamaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, işsiz fuqarolarni kasb-hunarga örgatiş, mavjud böş iş örinlariga yö'naltiriş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagidagi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytiriş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bundan taşqari, ehtiyojmand oilalarni aniqlaş, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxşilaş va kambağallikdan çiqarişga qaratilgan manzilli işlarni taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi.

Uçraşuv yakunida aholini qiynayotgan muammolarni örganiş, ularning yeçimi böyiça tegişli çoralar köriş hamda mahallada aholi turmuş farovonligini oşirişga qaratilgan işlarni izçil davom ettiriş zarurligi qayd etildi