Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 277046
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
28 Okt 2026
09:37

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#okrugda_o'rganish

✅Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi

✅Bandixon tumanida ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini monitoring qilish va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, 18-“Navro‘z” saylov okrugi deputati E.N.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Navro‘z” mahallasida joylashgan 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

✅O‘rganish jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi”ning 11-bandi — ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga shayligi va isitish tizimi holatiga bag‘ishlandi. Tashrif davomida maktab qozonxonasi, sinf xonalarini isitish tizimlari, zaxiradagi ko‘mir yoqilg‘isi va muqobil energiyaga moslashgan jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.

✅Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish mavsumini bexato o‘tkazish va ta’lim maskanida zarur shart-sharoitlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan maktab rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.