Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 277042
Gallery image 277043
Gallery image 277044
Gallery image 277045
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Okt 2026
08:37

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_Qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
👥 FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV: MUAMMO VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F.Shermuxamedovaning saylov okrugiga qarashli “Taroqli” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurildi.

🤝 Tashrif davomida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

💬 Muloqot jarayonida fuqarolarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslariga e’tibor qaratilib, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

✅ Bunday uchrashuvlar deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash hamda hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube