



Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#okrugda_o'rganish
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA IMTIYOZLI KREDITLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish holati deputatlik nazoratidan o‘tkazilmoqda.Mazkur ishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “Eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida tashkil etildi.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, 18-“Navro‘z” saylov okrugi deputati E.N.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov “Navro‘z” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish hamda mahallada narx-navo barqarorligini ta’minlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.
✅Tashrif davomida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan savdo shoxobchasi ham ko‘zdan kechirildi. Tadbirda kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish, mahsulotlar zaxirasini shakllantirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va narxlarni asossiz oshirmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅O‘rganishlar yakunida ehtiyojmand oilalarni daromadli faoliyatga jalb etish hamda ularning barqaror daromad manbalarini kengaytirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurati belgilandi. Mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ijro jarayoni nazoratga olindi.
Tadbirkorlikka berilgan imkoniyat — yangi ish o‘rni, barqaror daromad va farovon xonadon demakdir.