Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 277032
Gallery image 277033
Gallery image 277034
Gallery image 277035
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Okt 2026
09:15

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_mudiri_ish_rejasi
#162_ta_Qonun
🏥 TIBBIYOT XODIMLARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 85-sonli oilaviy poliklinikaning Bog‘iobod filialida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Ochiq muloqot davomida tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati jarayonida duch kelayotgan muammolari, mavjud ish sharoitlari, shuningdek, sohaga oid taklif va tashabbuslari tinglandi.

💬 Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan atroflicha fikr almashilib, mavjud muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari yuzasidan savol-javob shaklida o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayonda qonunning mazmun-mohiyati, fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari hamda tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari bo‘yicha bilimlar mustahkamlandi.

✅ Bunday ochiq muloqotlar tibbiyot xodimlarini qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularning takliflarini o‘rganish va sog‘liqni saqlash tizimida samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube