Barcha yangiliklar
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda tuman hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslaxatchisi M.Arzikulovalar   tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylar, ulardagi umumiy foydalanish joylari va uylar atrofidagi hududlarning holati o‘rganildi.
Gallery image 277016
Gallery image 277017
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
28 Okt 2026
09:13

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda tuman hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslaxatchisi M.Arzikulovalar tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylar, ulardagi umumiy foydalanish joylari va uylar atrofidagi hududlarning holati o‘rganildi.

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda tuman hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslaxatchisi M.Arzikulovalar tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylar, ulardagi umumiy foydalanish joylari va uylar atrofidagi hududlarning holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari faoliyatining samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (pod’yezdlar), yerto‘lalari, umumiy foydalanishdagi joylarning tozaligi va sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Kirish yo‘laklari va uylar atrofidagi hududlarning yoritilishi, piyodalar yo‘laklarining holati, obodonlashtirish ishlari hamda hududlarda tozalikni saqlash masalalari ko‘zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, ozoda va xavfsiz yashash muhitini yaratish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!