


📍 Taraqqiyot MFYda hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
📍 Taraqqiyot MFYda hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan mahallalarda aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹 Shu doirada Taraqqiyot MFY hokim yordamchisining faoliyati, xususan, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlari o‘rganildi.
🖋 O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yangi daromad manbalarini yaratish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahalladagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!