



Hokim yordamchisi faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
Hokim yordamchisi faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati N. Dushayeva topshirig‘iga asosan, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Baxovadinov tomonidan Fayzobod MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
🔷 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish hamda doimiy daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🔹Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!