

🛒 Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va ta’minot holati o‘rganildi
🛒 Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va ta’minot holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova, tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Arzikulova hamda tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Tojiboyeva ishtirokida tumandagi bozorlarda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi va mavjud zaxiralari holati o‘rganildi.
🖋 O‘rganish davomida bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi, narxlarning barqarorligi, mahsulotlar sifati hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo rastalaridagi mahsulotlarning sifati, xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!