Barcha yangiliklar





ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
28 Okt 2026
09:08
Mahallalarda yoshlar uchun yaratilgan sport maydonchalari holati o‘rganildi
- Mahallalarda yoshlar uchun yaratilgan sport maydonchalari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda tuman hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslaxatchisi M.Arzikulovalar tomonidan tumandagi mahallalarda yoshlar uchun barpo etilgan sport maydonchalarining holati o‘rganildi.
O‘rganishdan asosiy maqsad yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni baholash, sport maydonchalarining saqlanish holatiga e’tibor qaratish hamda ulardan samarali foydalanilishini ta’minlashdan iborat.
Jarayon davomida sport maydonchalarining umumiy holati, mavjud sport jihozlari va inshootlarning foydalanishga yaroqliligi, hududlarning ozodaligi hamda yoshlar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!