Barcha yangiliklar
UCHTEPA TUMANI XALQ QABULXONASINING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROTI ESHITILDI
Gallery image 276981
Gallery image 276982
Gallery image 276983
Gallery image 276984
Gallery image 276985
Gallery image 276986
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
27 Okt 2026
20:28

UCHTEPA TUMANI XALQ QABULXONASINING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROTI ESHITILDI

#ekspert_guruhlari #Doimiy_komissiyalar

UCHTEPA TUMANI XALQ QABULXONASINING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROTI ESHITILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🗣 Yig‘ilishda Uchtepa tumani Xalq qabulxonasining 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti ko‘rib chiqildi. Mazkur masala bo‘yicha Uchtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Suhrob Najimov tomonidan komissiya a’zolariga tegishli axborot taqdim etildi.

📊 Axborot muhokamasi doirasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish hamda aholi bilan muloqot samaradorligini oshirishga oid masalalarga e’tibor qaratildi.

⏫️ Shuningdek, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

💬 Axborotni muhokama qilish jarayonida komissiya a’zolari tomonidan tegishli savollar berilib, mavjud masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

💼 Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi A.Abdushukurov, komissiya a’zolari A.Xaydarov, O.Revtov, G.Xamitova hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi muammolarini hal etish va davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlashga oid masalalar yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.

📂 Mazkur masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining navbatdagi sessiyasida körib çiqiş uçun tavsiya etiş belgilandi.