Barcha yangiliklar
#19¹_modda #Kengash_raisi #Deputat_faoliyati
Gallery image 276942
Gallery image 276943
Gallery image 276944
Gallery image 276945
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
27 Okt 2026
19:36

#19¹_modda #Kengash_raisi #Deputat_faoliyati

2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi qaroriga muvofiq, “Tog‘ay Murod” mahallasidagi suv nasosiga 300 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish va 280 ta xonadon tomorqalarini sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash ishlari deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirilib, ularni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz