Barcha yangiliklar
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Gallery image 276938
Gallery image 276939
Gallery image 276940
Gallery image 276941
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
27 Okt 2026
19:35

#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

2023-yil 16-iyunda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–848-son) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oltinsoy tumani Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid 162 ta qonun hamda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, qonunchilik hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish hamda tavsiyalar bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Ushbu uchrashuvda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash Kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov, 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizi, shuningdek, Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etib, fuqarolarga Qonunning mazmun-mohiyati hamda bepul yuridik yordam olish tartibi va shartlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdilar.

✅ Mazkur Qonun fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini vaqtiida himoya qilish hamda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz