










TA’LIMDA YANGI YONDASHUVLAR: OLTINSOY TUMANIDA O‘QUV-SEMINARI TASHKIL ETILDI
Oltinsoy tumanida xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim muassasalari mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish hamda zamonaviy ta’lim usullarini keng joriy etish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.
“Kelajak markazi” tomonidan o‘tkazilgan seminarda jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati o‘qituvchilari hamda maktab kutubxonachilari ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashdilar. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 10-“Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan deputati Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich ta’lim sohasini rivojlantirish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berish va pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyatiga e’tibor qaratadi.
Ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda yosh avlod uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalari deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Sifatli ta’lim va barkamol avlod — kelajagimiz poydevori!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz