Barcha yangiliklar
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Gallery image 276920
Gallery image 276921
Gallery image 276922
Gallery image 276923
Gallery image 276924
Gallery image 276925
Gallery image 276926
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
27 Okt 2026
19:29

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, isitish tizimlarining holati hamda qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘z vaqtida nazoratga olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich tomonidan “Qoratepa” mahallasida joylashgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, uning zaxira qismlari, ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘i zaxiralarini yaratish ishlari hamda binoning qishki mavsumga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsumni betalofat boshlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz