Barcha yangiliklar
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_ijrosi
Gallery image 276916
Gallery image 276917
Gallery image 276918
Gallery image 276919
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
27 Okt 2026
19:27

#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_ijrosi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati A.Egamberdiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov boshchiligida “Sayrak” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va mahalliy vakillar ishtirokida quyidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

📌 “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi: Mahallani zamonaviy qiyofaga keltirish hamda infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📌 Fuqarolar murojaatlari va muammolari: Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholining kundalik turmushida uchrayotgan dolzarb masalalari va muammolari o‘rganildi.

📌 Qonunchilik ijrosi va tavsiyalar nazorati: Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan 162 ta qonun hujjati hamda 24 ta tavsiyaning ijro etilishi holati tahlil qilindi.

Muloqot va tahlillar natijasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz