




#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Deputat_daftar
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 6-“Karsagan” saylov okrugidan saylangan deputati Sattarov To‘lqin Turg‘unovich saylov okrugidagi mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud muammo va masalalar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli takliflar bildirilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz