






#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, isitish tizimlarining holati hamda qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘z vaqtida nazoratga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati A.Egamberdiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Ovchi” mahallasida joylashgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, uning zaxira qismlari, ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘i zaxiralarini yaratish ishlari hamda binoning qishki mavsumga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsumni betalofat boshlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz