



#Kengash_raisi #kotibiyat_mudiri_deputat_sifatida #saylovchilar_murojaati
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Bo‘ston” mahallasi aholisi tomonidan qilingan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida saylovchilar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan muammo mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib tegishli tashkilotlarga topshiriq berildi. Aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan bunday amaliy sa’y-harakatlar bundan buyon ham davom ettiriladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz