Barcha yangiliklar
Turkiston ko‘chasida tozalik va obodonlashtirish masalalari deputatlik nazoratida
Gallery image 276896
Gallery image 276897
Gallery image 276898
Gallery image 276899
Gallery image 276900
Gallery image 276901
Gallery image 276902
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
27 Okt 2026
18:59

Turkiston ko‘chasida tozalik va obodonlashtirish masalalari deputatlik nazoratida

Marg‘ilon shahrida hududlardagi mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish hamda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida navbatdagi o‘rganish 10-Bobur saylov okrugiga qarashli Turkiston ko‘chasida o‘tkazildi.

Hududni o‘rganishda mazkur okrugdan saylangan deputat E.Tursunqulov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdi.

O‘rganish davomida ko‘chada maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratildi. Zero, ko‘chalarning ozodaligi nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki aholi salomatligi va kundalik turmush sifati bilan ham bevosita bog‘liq.

Bunday o‘rganishlarning asosiy maqsadi — hududlardagi holatni joyida baholash, mavjud masalalarga e’tibor qaratish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.