





DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA: “ŞIFOKORLAR” MAHALLASIDA AHOLI UÇUN QULAY ŞAROIT YARATILDI
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA: “ŞIFOKORLAR” MAHALLASIDA AHOLI UÇUN QULAY ŞAROIT YARATILDI
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengaşining 1-«Şifokorlar» saylov okrugi deputati etib saylangan Kudratilla Tulyaganov taşabbusi bilan mahallada aholi yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan amaliy işlar amalga oşirildi.
🔎 Fuqarolar bilan ötkazilgan muloqotdan söng deputat Kudratilla Tulyaganov, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengaşi raisi Şaxnoza Umarxodjayeva hamda mas’ul mutasaddilar iştirokida mahalla hududidagi mavjud muammolar joyiga çiqib örganildi. Örganiş davomida aholi murojaatlari, hudud infratuzilmasi va köp qavatli uylardagi şaroitlarni yaxşilaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🛠 Örganişlar va belgilangan vazifalar ijrosi doirasida deputat K.Tulyaganov taşabbusi bilan “Şifokorlar” mahallasida joylaşgan 29-sonli köp qavatli uyning kiriş yölaklari ta’mirlandi. Natijada uy aholisi uçun yanada qulay şaroit yaratilib, umumiy foydalaniş hududining holati yaxşilandi.
📌 Deputat K.Tulyaganov taşabbusi bilan boşlangan uşbu işlar aholi murojaatlarini joyida örganiş, mavjud muammolarni bartaraf etiş va fuqarolar uçun qulay yaşaş muhitini yaratişga qaratilgan.
✅ Deputatlik nazorati amalda! Belgilangan vazifalar ijrosini kuzatib boriş, aholi murojaatlariga amaliy yeçim topiş hamda hududdagi dolzarb masalalarni mas’ullar bilan hamkorlikda hal etiş deputatlik faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir.