Barcha yangiliklar
Mahalliy budjet va zaxiralangan ish o‘rinlari masalalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
Gallery image 276861
Gallery image 276862
Gallery image 276863
Gallery image 276864
Gallery image 276865
Gallery image 276866
Gallery image 276867
Gallery image 276868
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
27 Okt 2026
18:52

Mahalliy budjet va zaxiralangan ish o‘rinlari masalalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, dastlab shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Xolmatovning hisoboti tinglandi. Hisobot yuzasidan komissiya raisi E.Yunusov o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, muhokama etilayotgan masalaning muhim jihatlariga e’tibor qaratdi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi ikkinchi masala — zaxiralangan ish o‘rinlari bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Marg‘ilon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Z.Abdullayev hisobot berdi.

Shuningdek, u zaxiralangan ish o‘rinlari, ulardan foydalanish tartibi hamda ushbu yo‘nalishda belgilangan kafolatlar haqida tushuntirishlar berdi. Masala yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, bandlikni ta’minlash borasidagi vazifalarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Bunday yig‘ilishlar mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, iqtisodiy islohotlar ijrosini o‘rganish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.