



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Humoyun MFYdagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Elmurod Amirov “Al-Farobiy” mahallasida bo‘ldi.
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida olib borilgan o‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida tegishli ishlar olib borilayotganligini ko‘zdan kechirdi.
Mavsumga tayyorgarlik doirasida ko‘p qavatli uylarning isitish tizimlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda umumiy foydalanish hududlarining holatiga e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, aholi xonadonlarida qulay sharoit yaratish, issiqlik ta’minotining barqarorligini ta’minlash va mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Jarayon davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish hamda tayyorgarlik ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy maqsad — kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishdan iborat.