


#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #ko'chama-ko'cha #murojaat_daftari “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dagi murojaatlar joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normurodova hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov tomonidan “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatning “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga kiritilgan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallaning Beruniy va Shimoliy darvoza ko‘chalarida ichimlik suvi quvurlarining yorilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolar yuzasidan fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Mazkur holat natijasida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar va noqulayliklar yuzaga kelishi, suv resurslarining isrof bo‘lishi hamda aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkinligi inobatga olindi.
O‘rganish jarayonida muammolarni bartaraf etish, shikastlangan quvurlarni ta’mirlash va ichimlik suvi ta’minotini barqarorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Murojaatlarda
ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash — muhim vazifa! Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning o‘z vaqtida hal
etilishiga ko‘maklashish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalq murojaati — deputat e’tiborida! Aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.