

#kunlik_ish_reja_ijrosi #qaror_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Deputatlik nazorati: “Turon” mahallasida ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normurodova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘p kvartirali uylar atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–48-sonli qarori hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 18-martdagi VII-19-17-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish, hududlarni tekislash va tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, obodonlashtirish ishlarining belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, uylar atrofidagi hududlardan samarali foydalanish hamda aholining kundalik hayoti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullar bilan muloqot davomida hududni yanada obod qilish, tozalik va ozodalikka rioya etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Deputatlik nazorati davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ko‘p kvartirali uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Obod hudud — farovon hayot asosi! Ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish, shahar infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.