
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati Deputatlik nazorati: “Turon” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normurodova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Turon” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining
2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ–642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ–440-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish va oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish, imtiyozli kreditlar hamda subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda aholi
daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi muhokama qilindi.
Aniqlangan kamchiliklar va mavjud muammolar yuzasidan ularni bartaraf etish, hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qonunlar ijrosini joylarda ta’minlash, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga ko‘maklashishdan iborat.
Aholi manfaatlarini ta’minlash, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosi ustidan ta’sirchan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini olib borish ishlari izchil davom ettiriladi.