
Ijtimoiy yordam: ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
Ijtimoiy yordam: ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Xodjanov bilan birgalikda mahallada ijtimoiy ehtiyojmand toifadagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlariga e’tibor qaratildi.
🗣 Shuningdek, fuqaro J. T. bilan suhbatlashilib, uning hozirgi ijtimoiy holati va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.
🎯 Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashga xizmat qiladi.