Barcha yangiliklar
Ijtimoiy reestrdagi fuqarolar bilan ishlash masalasi o‘rganildi
Gallery image 276827
Gallery image 276828
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
17:52

Ijtimoiy reestrdagi fuqarolar bilan ishlash masalasi o‘rganildi

 Ijtimoiy reestrdagi fuqarolar bilan ishlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda “Qushchilik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

📌 Mahalla raisi bilan suhbat davomida Ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ularning holati va mavjud masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolarning o‘zlari bilan bevosita uchrashib, ularning muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.

🎯 Asosiy maqsad — fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish hamda tegishli yechimlarni izlash.