Barcha yangiliklar











AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
17:48
#deputat_soʻrovi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Artikov Davron Omarbayevich elektr tarmoqlarining holati va aholi xavfsizligi masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi.
⚡️ Aholini elektr energiyasi bilan xavfsiz va barqaror ta’minlash, eskirgan elektr ustunlarini yangilash hamda elektr kabellarining xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlash masalalari deputat e’tiborida.
📨 Taxiatosh tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i T. Jamalovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida “Naymanko‘l” OFY, 1-Nayman saylov okrugidagi Oqmang‘it ko‘chasida aniqlangan muammolar ko‘tarildi.
🔎 Jumladan:
✅ Elektr ustunlarini yangilash — ko‘chadagi yog‘och elektr ustunlarini ta’mirlash va yaroqsiz holatdagilarini yangisiga almashtirish zarurati.
✅ Elektr kabellari xavfsizligi — yangi tortilgan SIP kabellarning turar joylar va gaz quvurlariga tegib turgani, ularni xavfsiz masofaga joylashtirish hamda tegishli talablarga muvofiq tartibga keltirish masalasi.
📌 Deputatlik so‘rovidan maqsad — aholi yashash hududida elektr tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar uchun xavfsiz yashash sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish.
⚖️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga muvofiq, deputat so‘roviga javob 10 kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibini buzish bilan bog‘liq javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193-moddasida nazarda tutilgan.