Barcha yangiliklar





AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
17:44
#deputat_soʻrovi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi.
📌 Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, yordamga muhtoj oilalarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularga ko‘rsatilayotgan ko‘makning manzilliligini oshirish maqsadida «Markaziy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi holat yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
📨 Taxiatosh tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Xidirbayev Rashid Xidirbayevichga yo‘llangan deputatlik so‘rovida quyidagi masalalar ko‘tarildi:
🔹 Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash — «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan hamda alohida e’tiborga muhtoj oilalarning holati va ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar.
🔹 Mavjud muammolar va ehtiyojlar — mahallada o‘tkazilgan xatlov davomida aniqlangan moddiy yordam, tibbiy xizmat, subsidiya va boshqa ijtimoiy ko‘makka oid masalalar.
🔹 Hamkorlikdagi chora-tadbirlar — aniqlangan muammolarni hal etishda deputatlik vakolati doirasida amaliy yordam ko‘rsatish va tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish zarurati.
📥 Deputatlik so‘rovidan maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan yordam holatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish.
⚖️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga muvofiq, deputat so‘roviga javob 10 kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibini buzish bilan bog‘liq javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193-moddasida nazarda tutilgan.