Barcha yangiliklar
Davlat xizmatlari sifati — deputatlar e’tiborida
Gallery image 276809
Gallery image 276810
Gallery image 276811
Gallery image 276812
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
17:41

Davlat xizmatlari sifati — deputatlar e’tiborida

Davlat xizmatlari sifati — deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Artikov Davron Omarbayevich bilan birgalikda Davlat xizmatlari va FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda murojaatchilarga qulaylik yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Bunday o‘rganishlardan maqsad — davlat xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish hamda aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatilishiga ko‘maklashish.
Aholi manfaatlari va sifatli xizmat — deputatlik e’tiborining muhim yo‘nalishi.