


Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 13-Ko'tarma saylov okrugidan saylangan deputat Farxod Ibragimov tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.