Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 276804
Gallery image 276805
Gallery image 276806
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
27 Okt 2026
17:43

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat Alimjon Adilbekov Kengashning ish rejasiga muvofiq, Eshonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi ko‘zdan kechirilib, uning mavsumga tayyorligi, sovuq kunlarda sinfxonalarda me’yoriy haroratni ta’minlash hamda tizimning uzluksiz va barqaror ishlashiga qaratilgan ishlar holati tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati qoniqarli ekani aniqlandi. Shuningdek, isitish tizimining mavsum davomida barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, o‘rganish jarayonida muammo va kamchiliklar aniqlanmadi.

Bundan tashqari, maktab direktori bilan suhbat o‘tkazilib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish tizimining doimiy nazoratini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarligini ta’minlash, mavjud sharoitlarni nazorat qilish hamda qish mavsumida o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlashdan iborat.