
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI!
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI!
Ona tilimiz — millatimiz g‘ururi, ma’naviyatimiz ko‘zgusi!
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — xalqimizning bebaho ma’naviy merosi, milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan buyuk boyligimizdir. O‘zbek tili asrlar davomida ajdodlarimizning donishmandligi, ezgu orzu-intilishlari va boy madaniyatini avloddan avlodga yetkazib kelmoqda.
Ona tilimizga hurmat — Vatanimizga hurmatdir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash, kundalik hayotimizda to‘g‘ri va ravon qo‘llash hamda yosh avlodga uning qadrini singdirish barchamizning sharafli burchimizdir.
✨ Tilimiz yashasa — millatimiz yashaydi!
Ushbu qutlug‘ bayramda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka va ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, qalblarimizda unga bo‘lgan mehr va ehtirom hamisha bardavom bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi
Xidirbayev Rashid Xidirbayevich