


HUDUDDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH, “QIZIL” VA “SARIQ” TOIFADAGI HUDUDLARDA KRIMINOGEN VAZIYATNI BARQARORLASHTIRISH HAMDA XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK PROFILAKTIKASI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputati Surayyo Axmedova tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👮♀️ Chinoz tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori, katta leytenant N. Azimova tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, hududdagi mavjud vaziyat va profilaktik tadbirlar natijalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.
👩💼 Shuningdek, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi Shaxnoza Yakubova bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalari o‘rganildi. Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish va jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi, profilaktika inspektorlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan manzilli ishlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish muhimligi qayd etildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda davom ettirish belgilandi.